KERULEN

KERULEN — Mongoliya va Xitoydagi daryo. Uzunligi 1264 kilometr (shundan 1090 kilometr Mongoliya hududida), havzasining maydoni 116,4 ming kilometr kvadrat. Xentey tog’ligidan boshlanadi. O’zanida Orol ko’p. Dalaynor ko’liga quyiladi. Yozda to’lib oqadi; har yili bir necha marta toshadi. Noyab.r— aprelda muzlaydi. Baliqqa boy. Kerulen bo’yida Choybalsan shahri bor.