KERXE
KERXE (Gamasioba, o’rta oqimida Saymarra) — Eron va Iroqdagi (quyi qismi) Daryo. Uzunligi 870 kilometr, havzasining maydoni 50 ming kilometr kvadrat. Zagros tog’laridan boshlanib, Xuziston tekisligidan oqadi. Bahor va yozgi to’linsuv davrida Dajla daryosigacha yetib boradi. O’rtacha suv sarfi 220 metr kub/sekund. Sug’orishda foydalaniladi.