Keshik

Keshik (turkcha kezik-navbat, gal)-xonning xos gvardiyasi. Chingizxon 1203 yili Sharqiy Mo’g’ulistonda hokimiyatni o’z tasarrufiga kiritgan Keshik tuzilishiga alohida e’tibor qaratadi. Keshik kunduzgi xos soqchilar va tungi xos soqchilardan iborat bo’lgan. Kunduzgi xos soqchilar (turgeut)ning soni 70, tungi xos soqchi (kebteul)larning soni 80 nafardan iborat bo’lgan. Keshik tarkibiga, shuningde, o’qchilar (xo’rchi), oshpazlar (baurchi), axtarchilar, xo’jalik ishlari mutasaddi (cherbi)lari ham kiritilgan. Mo’g’ul zodagonlari va no’yonlari farzandlaridan tashkil qilingan Keshik tarkibidan harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning ilg’orida joylashgan. Tinchlik onlarida esa saroyda soqchilik bilan mashg’ul bo’lgan bahodirlar ham o’rin olgan. Keshik soqchilari har 3 kunda navbat almashgan. 1206 yili Chingizxon Keshik tuzilishiga seezilarli o’zgarishlar kiritadi, uning sonini 10 ming nafar yetkazadi. Yuan imperiyasining asoschisi Xubilay davrida Keshikning miqdori 12 ming kishidan iborat bo’lgan. Keshik tarkibini muttasil to’ldirib turish maqsadida har bir mingboshining farzandi o’zi bilan 1 qarindoshi va 10 navkarni, o’nboshining o’g’li esa 1 qarindoshi va 3 navkarni boshlab kelgan. Keshik qattiq tartib va intizomga bo’ysundirilgan. O’z navbati chog’ida xizmatga kelmagan xos gvardiyachi 1-marta 30 tayoq, 2-marta 70 tayoq, 3-marta esa oldin 37 tayoq urish bilan jazolangan, so’ng Keshikdan butunlay haydalgan. Keshik faqat xonning o’zi bevosita qo’mondonlik qilgan harbiy yurishlarda qatnashgan. Lashkargohda qurilgan xon qarorgohining oldida bahodirlar, o’ng tomonida o’qchi va kunduzgi xos soqchilar, Keshikning qolgan 7 ming nafari chap tomonida joylashgan. Keshik safarlaridan Chingizxon barpo etgan armiyaning ko’pdan-ko’p atoqli sarkardalari yetishi chiqqan.