Keshokov Alim Pshemaxovich
Keshokov Alim Pshemaxovich [1914.9(22).7, Shalushka qishlog’i (hoz. Kabarda-Balkariya, Chegem tumani)] — ka- Bardin shoiri va yozuvchisi. Kabarda-Bal- kariya xalq shoiri (1964). 2-jahon uru- shi qatnashchisi. Ilk she’rlar to’plami — “Tog’etaklarida” (1941). “Chavan- dozning yo’li” (1946) dostoni, “yosh- lik zamini” (1948), “she’rlar” (1951) to’plamlarida 2-jahon urushi voqealari aks etgan. “Cho’qqilar uyg’oq” (1-2-kitob, 1960, 1966); “singan taqa” (1973), “oy chiqishi” (1977) romanlarida Kabardin xalqining hayoti tasvirlangan. “Qorli tog’dan qarab” avtobiografik qissasi (1974), “Alxo” pesasi (1950), “ko’chki” kinossenariysi (1951) muallifi. K. o’zbek shoirlari (A. Oripov, O. Matjon va b.) she’rlarini Kabardin tiliga tar- jima qilgan. “Cho’qqilar uyg’oq” romani o’zbek tilida nashr etilgan (1970).