Kesma va interval
Kesma va interval – aso- siy geometrik shakllardan biri. To’g’ri chiziqning A va V nuqtalari orasidagi va shu nuqtalarni qo’shib hisoblagandagi qismi kesma deyiladi. Kesma [A, V] ko’rinishda belgilanadi. A va V nuqtalar uning uchlari deyiladi. Kesmaning uchla- ri orasida yotuvchi ixtiyoriy nuqta uning ichki nuqtasi deyiladi. Kesmaning uzun- ligi uning uchlari orasidagi masofaga teng va A, V kabi belgilanadi. Agar ko’rilayotgan to’g’ri chiziq haqiqiy sonlar o’qidan iborat bo’lsa hamda uning A va V nuqtalariga a va b haqiqiy sonlar mos kelsa (a<b), u holda a <x< b tengsizliklarni qanoatlantiruvchi barcha haqiqiy x sonlar to’plami bo’ladi va u [a, b] kabi belgilanadi. a<x<b teng- sizliklarni qanoatlantiruvchi barcha x sonlar to’plami interval deyiladi [a, Ь] yoki (a, b) kabi belgilanadi. K. va I.ning uzunligi Ь-a soniga teng. Barcha hakiqiy sonlar o’qi cheksiz interval [-<*>, +~] yoki (-°°, +°°) kabi belgilanadi. (-<“, a) va (Ь, +<*>) cheksiz intervallar nurdan iborat bo’ladi.