KEYP-KOST

KEYP-KOST — Gananing Janub qismidagi shahar. Markaziy viloyatning ma’muriy markazi. Aholisi 100 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Gvineya qo’ltig’i sohilidagi baliq ovlash porti. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatning qadimgi madaniy markazlaridan. Universitet bor. Qadimgi qal’a saqlangan. Shaharga 1652 yilda asos solingan.