Kichik Chimyon
Kichik Chimyon – Toshkent vilo- yatidagi tog’, Chatqol tog’ining shim.da. Chatqol tog’tizmasi tarkibiga kiradi. G’arbdan Chimyonsoy vodiysi, Jan-g’arbdan Katta Chimyon tog’i va sharkdan Qo’ylisoy b-n o’ralgan. Katta Chimyon tog’idan Gu- lik dovoni orqali ajralib turadi. Eng baland joyi 2098 m. Paleozoy tog’ hosil bo’lish davrida burmalangan, ohaktoshlardan tarkib topgan. Keyin- chalik nurab, ayrim joylarida granit jinslari ochilib qolgan. Yon bag’irlari ancha qiya. Qo’ng’ir o’rmon va jigarrang tuproqlar tarqalgan. Quyi qismida mevali daraxtlar, yuqorida archazor, yong’oqzorlar va b. o’simliklar bor. Eng yuqori qismi Toshloq, daraxt kam. Chi- myonsoyda kurort (“Chimyon”), sanatoriy va bolalar orom-goxlari joylashgan.