Kidikeeva Baken
Kidikeeva Baken (1923.20.10, Qirg’iziston viloyati, Qang’tumani — 1994.31.12, Beshkek sh.) — Qirg’iziston xalq artisti (1956). Faoliyatini Qirg’iz Yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1936), keyinchalik Prjevalsk va Norin viloyat teatrlari (1941-44)da ishlagan. 1944 y.dan qirg’iz drama teatrining etakchi aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Bermet (“Sarinji”), Guloyim (“Ko- kul”), Anna (“Anna Karenina”), Maston (“Bo’lat va tinar), Dezdemona (“Otello”) va b. G’oyani yangi badiiy obrazda ifoda- lash mahorati, o’tkir sahnaviy chizgilar, ijtimoiy va psixologik talqin K. ijo- diga xos bo’lib, xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Kinodagi faoliyati 1955 y.dan boshlangan (“saltanat” fil- midagi bosh rol). Keyinchalik “Momo er” (To’lg’anoy), “13-nabira” (Bermet Shokirovna) kabi filmlarda suratga tushgan. K. ko’pgina o’zbek filmlarida ham rang-barang obrazlar yaratdi: Xadi- cha Aminovna (“inqilob chavandozlari”), Hojixon (“uchrashuv va ayriliq”), ona (“Ringga chaqiriladi”), buvi (“nabira- miz milisiyada ishlaydi”) va b.