Kimni “O’rta asrlarning so’nggi shoiri va yangi davrning birinchi shoiri” deb atashgan?
Dante Aligeri (1265-1321) — buyuk italyan shoiri, italyan adabiy tilining otasi. U o’z ijodini lirikadan — go’zal Beatricheni tarannum etuvchi sonetlardan boshladi, shundan so’ng falsafiy va siyosiy traktatlar — risolalarga murojaat qildi. Daho Dante ijodining ulug’vor cho’qqisi — “Ilohiy komediya” (1307— 1321, 1472 yilda chop etilgan) uch qism — “Do’zax”, “A’rof”, “Jannat” — va yuzta qo’shiqdan iborat. Bu asar — o’rta asrlarning she’riy qomusi. Niyatning muhtashamligi, uni gavdalantirishning kompozision tartiboti, timsollarning turfa xilligi va ajoyibligi bobida, o’z realizmining ehtirosli kuchi bobida Dantening dostoni jahon adabiyotlari orasida o’ziga teng keladiganlarni bilmaydi. Dante Aligeri Yevropa madaniyatining rivojiga zalvorli ta’sir ko’rsatdi.