Kimyoviy elementlar

Kimyoviy elementlar – yadro- larining musbat zaryadi hamda atom qobig’idagi elektronlar sonining bir xilligi b-n tavsiflanadigan atomlar- ning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yig’indisi) har xil bo’lgan K.e. izotoplar deb ata- ladi. Tabiatda ko’p K.e. 2 yoki undan ko’p izotoplardan tashkil topgan. Er po’stida tarqalgan tabiiy K. e.ning izotop tarki- bi o’zgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli o’zgarmas bo’ladi. Tabiiy K.e., asosan, noradioaktiv bo’lib, turli- tuman oddiy (kimyoviy jihatdan parcha- lanmaydigan) va murakkab (kimyoviy bi- rikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi K.e. (uran, toriy, po- loniy, radiy) radioaktiv elementlardir (q. Radioaktivlik). Elementlar tabiatdagi butun mavju- dotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlang’ich materiya 4 abstrakt “printsip” (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar mikdori ma’lum bir sonni tashkil etgach, 4 aso- siy element — olov, suv, havo va tuproq hosil bo’larmish. Keyinchalik alkimyo- garlar Aristotelning “printsip” va “element”lariga eruvchanlik (tuz), yonuv- chanlik (oltingugurt) va metallsimon- lik (simob) degan tushunchalarni kirit- dilar. Sharq olimlaridan Abu Rayhon be- runiy, Abu Ali ibn Sino, Kindiy va b. ko’pgina olimlar elementlar qaqida o’z fikrlarini aytishgan. Mas, Kindiyning fikriga ko’ra, tabiatdagi barcha narsa- lar materiyadan tashkil topgan, materiya esa olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Ilk bor K.e. ta’rifini 1661 y.da ingliz kimyogari Robert Boyl bergan, u oddiy moddalarni belgilash uchun kimyoga “ele- ment” degan terminni kiritgan, shu sa- babli “oddiy modda” va “element” degan tushunchalar uzoq, vaqtgacha bir ma’noni anglatadi, deb hisoblab kelindi. 19-a. ning60-y.larida, oddiy modda b-n K.e. molekula b-n atomga uxshaydi, ya’ni od- diy modda xam, har qanday modda sin- Gari, molekulalardan tuzilgan, K.e. esa atomlardan tuzilgan, deb hisoblanardi; 1869 y.da D.I. Mendeleev “… bu tushuncha- lardagi farq Qar doim hisobga olinishi kerak” deb ta’kidlagan edi. So’ngra K.e. atomga, ya’ni elementning molekulalarda bo’ladigan va barcha xossalarini uzida mujassam etgan eng kichik zarrachaga to- bora ko’proquxshaydigan bo’ldi. Demak, har qanday atom K.e.dir, ammo atomlar- ning har qanday birikmasi element bo’la olmaydi; bir xil element atomlarining o’zaro birikishi natijasida oddiy mod- dalar hosil bo’ladi. Ko’pchilik K.e. tuzi- lishi va xossalari turlicha bo’lgan bir necha oddiy moddalar hosil qilishi mum- kin (q. Allotropiya); bir xil elementdan hosil bo’ladigan oddiy moddalarning o’zi o’sha elementning allotropik shakl uzgarishlari deb ataladi; turli element- lar atomlarining birikishi natijasida esa yo oddiy moddalar aralashmasi yoki murakkab modda hosil bo’ladi. K.e. kimyo- viy jarayonlarda o’zgarmaydi, ammo yadro reaktsiyalarshi bir-biriga aylanishi mumkin. Hoz. kunda 109 ta (2001 y.) K.e. ma’lum; bo’lardan 21 si (Ts, Pm, At, Fr, Np, Pu va elementlar davriy sistemasi- ning 95dan 109gacha 15 elementi) ilk bor sun’iy ravishda olingan, keyinchalik Ts, Pm, Fr, Np elementlari juda oz miqdorda uran rudalari tarkibida topilgan. K.e.ning yana bir muhim tavsifi ular- ning er po’stida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan er po’stining o’rtacha kimyoviy tarkibi jad- valiga ko’ra, eng ko’p tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, so’ngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kaltsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar er po’sti massasi- ning 99,79%ni, qolgan barcha K.e. faqat 0,21%ni tashkil etadi. Tabiatda at.m. kichik elementlar eng ko’p tarqalgan, organizmlarda esa nisbatan engil elementlar (N, S, N, O) ko’p bo’ladi. Koinotda ham eng engil elementlar — vodorod b-n geliy juda ko’p tarqalgan. Uglerod, kislorod, vo- dorod, azot, oltingugurt, fosfor, xlor, kremniy, kaliy, magniy, kaltsiy va te- Mir elementlari usimlik va hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Ba’zi elementlarning er po’stidagi umumiy mikdori kam bo’lsada, er yuzida to’planib qatlamlar hosil qiladi, bu qatlamlardan ularni qazib olish mum- kin. K.e. ba’zan tug’ma (yombi) holda xam uchraydi (oltin, simob, platina va b.). Bu elementlarni qazib olish birmuncha oson bo’lib, ular insoniyatga kadimdan ma’lum. Ba’zi elementlar er po’stining qazib chiqarish mumkin bo’lgan qatlamida juda tarqoq holda bo’ladi; ular Nodir elementlar deb ataladi. Ammo “Nodir” degan tushuncha K.e.ga nisbatan mutlaqo o’zgarmaydigan tushuncha emas. Mas, hoz. ko’p ishlatiladigan alyuminiy va magniy bundan bir necha o’n yil muqaddam Nodir element deb hisoblanar va juda qim-mat turar edi. Lekin keyinchalik bu element- larni i.ch. usullarining takomillashishi ularni ma’lum elementlar qatoriga ki- ritilishiga sabab bo’ldi. Sayfullo Hamroev.