Kinabalu

Kinabalu — Kalimantan o.dagi tog’li massiv, Malayziyada. Eng baland joyi 4101 m (Malay arxipelagida eng baland). Granit va granidioritlardan tuzilgan. 3500 m balandlikkacha tropic va tog’o’rmonlari b-n qoplangan, undan balandda butazor va yaylovlar bor. Mil- liy Park tashkil etilgan (mayd. 78 ming ga, 1964; faunasi tarkibida gibbon, orangutan, Sumatra karkidoni, soqolli to’ng’iz, qushlarning 600 dan ortiq turi uchraydi).