KINOYA

KINOYA — uslubiy vosita; ma’qullagandek yoki Rizo bergandek bo’lib, rad etish, istehzoli kulish. Kinoyada so’z yoki ifoda nutqda asl ma’nosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy so’zlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi bo’lgan Kinoyada kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, o’zida so’zlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuyg’usini aks ettiradi. Kinoya xalq og’zaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida xdm keng qo’llanadi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”, Gulxaniyning “Zarbo’lmasal”, Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” va boshqa asarlarda Kinoya jonli va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan.