KIRENAIKA

KIRENAIKA — Liviyadagi tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 7-asrda bu yerda bir necha yunon shaharlari (eng yirigi — Kirena) ga asos solingan. Kirenaika miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 7-asrgacha Sharqning qadimgi davlatlari, Rim, Vizantiya tarkibida, 7-asrdan arablar, 16-asrdan — 1911 yilgacha Usmonli turk imperiyasi qo’l ostida; 19-asr o’rtasi — 20-asr boshida sanusiyya diniy harakati (1837 yil tashkil etilgan) ning asosiy markaziga aylangan. 1912 yildan Italiya mustamlakasi — Liviya tarkibida. 1942 yil ingliz qo’shinlari tomonidan bosib olingan; ingliz harbiy bazasi bu yerda 1969 yilgacha saqlangan. Liviya qirolligi (1951-69)dagi 3 viloyatdan biri bo’lgan Kirenaika 1963 yil mamlakatda yangicha ma’muriy- hududiy bo’linish joriy etilgach, bekor qilingan.