KIRISH SO’ZLAR
KIRISH SO’ZLAR – gap bilan sintaktik bog’lanmagan so’zlar. So’zlovchining bayon qilinayotgan fikrga munosabatini (“baxtimga”, “afsuski”), fikrning umumiy bahosini (“ehtimol”, “albatta”), kimga karashli ekanligini (“menimcha”, “aytishlaricha”) yoki oldingi fikr bilan aloqasini (“xullas”, “nihoyat”) bildiradi.