KIRISIMA

KIRISIMA — Yaponiyadagi harakatdagi vulkanlar guruhi, Kyusyu orolining Janubda. Bir-biri bilan tutashib ketgan 23 ta LAVA gumbazi bazaltandezitli, diametri 15 kilometrli qalqon hosil qilgan. Eng baland joyi 1700 metr. 742 yildan hozirgacha 60 marta otilgan. Ko’l va issiq buloqlar bor. Kirisima-Yaku milliy parki (1934 yil tashkil etilgan, maydoni 55,2 ming gektar) tarkibida.