KIRTXAR
KIRTXAR — Pokistondagi tog’ tizmasi, Eron tog’ligining Janubiy-Sharqiy chekkasida. Uzunligi 300 kilometrgacha, eng baland joyi 2171 metr. O’tkir qirrali qoyalarni yuzaga keltirgan ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Mussonlar ta’siridagi g’arbiy va shimoliy-Sharqiy yon bag’irlari siyrak daraxt-buta o’simliklari bilan qoplangan, qolgan qismining landshafti tog’cho’li va chala cho’ldan iborat. Tog’oldi vohalarida sug’orib dehqonchilik qilinadi.