KISAKO’RAK, Najip Fozil
KISAKO’RAK, Najip Fozil (1905 -1983.25.5, Istanbul) — turk shoiri, yozuvchi, dramaturg. Ilk she’riy Kito- bi — “o’rgimchak to’ri” (1925). “Men va u” (1932) asari mashhur. “Ko’priklar” (1928), “so’ngsizlik karvoni” (1955), “She’rlarim” (1969) va b. she’riy to’plamlarida insonning hayotdagi o’rni, jism va ruh mutanosibligi, sirli bo- tiniy tuyg’ular jozibasi aks ettiril- gan. K. 1934 y. naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Abdulhakim Orvasiy b-n tanishgan. Shu bois uning she’ri- yatida mumtoz she’riyat unsurlarini frantsuz modern she’riyati o’lchovlari b-n uyg’unlashtirishga intilish bor. K. “Ruhiyat olami hikoyalari” (1965) to’plami, “oynadagi yolg’on” (1970), “aso- siy hujjat” (1983) romanlari, “tuxum” (1935), “bir odam yaratmoq” (1937), “pul” (1942), “Yunus Emre” (1969) pesalari muallifi. Turkiya adabiyoti vaqfi tomo- nidan K.ga “shoirlar sultoni” unvoni berilgan (1980).