KISHI-SOAT
KISHI-SOAT — ish vaqtini hisobga olish birligi. Kishi-soatda ifodalangan ish vaqti bir kun, oy, kvartal, yil davomida haqiqatan bajarilgan ish soatlarini jamlash yo’li bilan aniqlanadi. Bo’sh turib qolishdagi Kishi-soat miqdori ham xodimning turli sabablarga ko’ra ishlamagan soatlarini jamlash yo’li bilan aniqlanadi.