KISHMISH

KISHMISH — g’ujumi urug’siz uzum navlari guruhi. Bu guruhga Bedona, oq kishmish, qora kishmish, pushti kishmish, VIR kishmishi va Xishrov kishmishi, Zarafshon kishmishi, Turkmaniston qizil kishmishi, marmar kishmish, So’g’diyona kishmishi, Vatkani kishmishi, Tag’ob kishmishi, Astraxon kishmishi (dumaloq kishmish), qora Korinka va boshqalar kiradi. Ekologik-geografik jiqatdan Sharqiy guruh navlariga mansub. Kishmish ko’proq O’rta Osiyo, AQSh, Frantsiya, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiyaning Janubiy mintaqalarida o’stiriladi. Kishmishdan 24— 30% mayiz to’shadi, markali vinolar tayyorlanadi. Shu uzumlar mayizi ham ba’zan Kishmish deyiladi.