KISLOROD BILAN KESISH

KISLOROD BILAN KESISH, gaz b-n kesish, avtogen b-n ke-s i sh — metall buyumlarni gaz alangasida erish t-rasidan birmuncha past t-ragacha qizdirib kislorod oqimida kesish. Bun- da metallning kesiladigan joyi yonadi, metall oksidlari va erigan metall so- plodan chiqadigan kislorod oqimida puf- lab ketkaziladi. Qizdirishda ko’pincha atsetilen, vodorod, benzin (ba’zan elektr toki)dan foydalaniladi. Past va o’rtacha legirlangan po’latlar (qalinliti 1-300 mm) K. b. k. ga moyilligi yaxshi. Xromli po’lat, cho’yan va rangli metallarni kesish- da flyus qo’llaniladi. Flyus sifatida metall va metalmas material kukunlari ishlatiladi. K. b. k.da metallar maxsus asbob — kislorodli keskich b-n qo’lda yoki mashinada kesiladi. K. b. k. mashi- nasozlik, qurilish, metallurgiya va b. sohalarda qo’llaniladi.