KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI, KISlOTA

KISLOTA-ISHQOR MUVOZANATI, KISlOTA – ishqor balansi, kislota-ishqor holati —organizm ichki muhitidagi vodorod ko’rsatkichi (rn) ning nisbiy doimiyligini vujudga keltiruvchi fizik-kimyoviy va fizio- logik jarayonlar yig’indisi. Moddalar almashinuvida hosil bo’ladigan kislo- tali va asosli (ishqorli) mahsulotlar qonga o’tib turishiga qaramay, soglom odam qonidagi rn 7,35— 7,47 chamasi- da bo’ladi. Hayotiy jarayonlar normal bo’lishi uchun organizm ichki muhitidagi rn qiymati doimiy bo’lishi shart (q. Gomeostaz). rn 6,8 dan past va 7,8 dan yuqori bo’lsa, organizm yashay olmaydi. Qonning bufer sistemalari va orga- nizmning ko’pgina fiziologik sistema- lari K.-i.m.da qatnashadi. Qonga kuchli kislota (mas, xlorid kislota) qo’shilsa, bikarbonat b-n reaktsiyaga kirishib, kuch- siz karbonat kislota hosil qiladi, u esa muhitdagi rn ni o’zgartirmaydi. K°nga kuchli asos qo’shilsa, karbonat kislo- ta b-n reaktsiyaga kirishib, bikarbonat hosil qiladi, bu esa qondagi rn ni deyar- li o’zgartirmaydi. Konda karbonat kis- lota miqdori ko’payganda o’pka orqali, bikarbonat miqdori ko’payganda esa buy- rak orqali chiqib ketadi. Qondagi rn ning kislota tomonga siljishi asidoz, ishqrr tomonga siljishi esa alkaloz deb ataladi.