Kitobiy dostonlar

Kitobiy dostonlar – yozma ada biyot ta’sirida yaratilgan xalq og’zaki poetik asarlari turi. K. D.da o’ziga asos bo’lgan manbaga ko’ra, romaniq yoki qahramonlik dostonlariga xos xususi-yat saqlangan bo’lishi mumkin. Unda Doston- larga xos bo’lgan jangovarlik xususiyati kamroq bo’lsada, oila va jamiyat ziddi- yatlari b-n kelisha olmagan muhabbat mavzui asosiy o’rinni egallaydi. Mas, “Farhod va Shirin”, “Layli va maj- nun”, “Baxrom va Gulandom” dostonlari- ning xalq variantlari Navoiy asarlari asosida, “Vomiq va o’zro” yunon romanla- ri mavzui asosida yuzaga kelgan. Ba’zi K. D. Aniq bir adabiy man-ba asosida emas, balki muayyan kitobiy syujetlar ta’si- rida yaratilgan (“Sanobar”, “Zevarxon” va b. dostonlar). “Oshiq G’arib”, “Mali- Kai Dilorom”, “Tohir va Zuhra” kabi do- stonlarda og’zaki hamda yozma adabiyotdagi turli shakllar, an’analar o’zaro chatishib ketgan. Baxshilar, xalq dostonchilari ij- rosidagi K. D.da xalqning ishq-muhabbat, sadoqat, ezgulik va b. ma’naviy-axloqiy fazilatlar haqidagi ilg’or qarashlari, orzulari aks etadi (yana q. Doston). Ld..Razzoqov H., Mirzaev T. va b., O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi, T., 1980.