KITVENKANA

KITVENKANA — Zambiyadagi shahar. Kafue daryosi (Zambezi irmog’i) sohilidagi Kitve va Nkana sh.larining qo’shilishidan tarkib topgan. Kopper- Belt provintsiyasining muhim savdo va sanoat markazi. Aholisi shahar atrofi b-n 340 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Mamlakatda mis qazib chiqariladigan muhim r-nga xizmat qiluvchi yirik sav- do markazi. Shaharda bir necha yirik mis konlari, mis eritish va elektroliz z-dlari, kimyo, elektr jihozlar, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sano- ati korxonalari mavjud. Texnologiya in-ti, amaliy san’at va savdo kolleji, teatr bor. Shaharga 1935 y.da asos solin- gan.