Kizerit

Kizerit [nem. olimi D.G.Kizer (1779-1856) nomidan] — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tar- kibi — Mg [So4] H2O; tarkibida 29% MgO bor. Monoklin singoniyada Kris- tallanadi. Rangi kulrang, oq, ba’zan sarg’imtir, yarqiroqligi shishasimon (kristallar uchun) va xira (mayda dona- chali kizeritning zich massalari uchun). Qattiqligi 3-3,5 ga yaqin, zichligi 2570 kg/m3. Mo’rt. Suvda sekin eriydi, kukun xrlatida suv b-n namlansa gips kabi qotadi. Nam havoda parda b-n qoplanadi. K. — dengiz Eva-poritlariga xos mi- neral. Kaliy sulfatli sho’r konlarda va sho’rxoklarda keng tarqalgan. Mag- niyni ishlab chiqish va tez qotuvchi Tse- mentlarni tayyorlashda foydalaniladi. O’zbekistondagi barcha kaliy tuzli kon- lar va Sho’rsuv oltingugurt konida mav- jud.