Kizevetter Rafael Georg
Kizevetter Rafael Georg (1773.29.8, hoz. Tole’shov, Chexiya — 1850.1.1, Vena yaqinidagi Baden shah- ri) — avstriyalik musikashunos. Antik musiqa nazariyasi, O’rta asr Evropa mam- lakatlari (ayniqsa, Niderland) musi- ka tarixiga oid tadqiqotlar olib bor- gan. Bolaligidan musiqaga oid risola va qo’lyozmalar to’plab, Evropada Sharq mu-siqasi haqida ilk ma’lumotlar be- ruvchi “Die Musik der Araber” (“Arab musiqasi”) nomli asari 1842 y.da Leyp- tsigda nashr etilgan. Sharq musiqasini sharhlashda Kindiy, Ibn Sino, Safiud- din Urmaviy kabi olimlarning musiqaga doyr asarlaridan unumli foydalangan. Tadqiq doirasi va uslubi b-n qator musiqashunoslar, xususan, A. Ambros (1836-74)ga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. 1821-43 y.lari Venadagi musika do’stlari jamiyati vise-prezidenti si- fatida Sharq, ayniqsa, Arab mamlakat- lari musiqasini targ’ib etgan. Nider-Land akademiyasi mukofoti sovrindori (1826).