KLADOFORA
KLADOFORA (Cladophora) — ko’p hujayrali yashil suvo’tlar turkumi. 300 turi bor. Dengiz va chuchuk suv havzalarida o’sadi. O’zbekiston suv havzalarida ko’pincha ipsimon sershox turi uchraydi. Yoshligida substratga yopishgan holda, keyinchalik substratdan ajralib o’sadi. Jinssiz va jinsiy ko’payadi.