Kleopatra
Kleopatra (Yun. Kleopatra) (mil. AV. 69 — Iskandariya — mil. AV. 30) — Misrning Ptolemeylar sulolasidan bo’lgan so’nggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. K. o’z ukasi Ptolemey XII Dio- nisga turmushga chiqib, u b-n birgalikda davlatni idora qila boshlagan (51 y.dan) bo’lsada, yakka o’zi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh bo’lgach, Suriyaga surgun qilingan (48 y.). Ammo, K.ning bilimdonligi, aql- zakovatiga maftun bo’lib qolgan Yuliy Tsezar 47 y. uni Misrga qaytargan (K. undan Tsezarion ismli o’g’il ko’rgan). Tse- zar o’ldirilgach, K. Mark Antoniyning ittifoqchisi va ma’shuqasi (37 y.dan xo- tini) bo’lgan. 31 y. Oktavian (q. Avgust) qo’shinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va K. o’zlarini o’ldirishgan. Naqlga ko’ra, ugla davrdagi misrliklar e’tiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun o’zini zaharli ilonga chaqtirgan. K. timsoli G’arb (u. Shekspir, B. Shou, D. Tepolo, P. Rubens va b.) hamda Sharq (A. Shavqiy va b.) adib, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bag’ishlab filmlar yara- tilgan.