Klestil Tomas

Klestil Tomas (1932.4.11, Vena) — Avstriya federal prezidenti. Vena iqtisodiyot va ishbilarmon ma’murlar un-tini tugatgan (1956). Avstriya Fe- deral kantsleri byurosida iqtisodiyot va tijorat departamenti (1957-59), Parijdagi iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot bo’yicha tashkilot huzurida Avstriya missiyasi (1959-62), Avstri- yaning AQShdagi elchixonasi (1962— 66) xodimi, Avstriya federal kantsleri- ning iqtisodiy siyosat va tashqi savdo bo’yicha byurosi direktori assistenti (1966-69), Los-Anjeles sh.da Avstri- yaning Bosh konsuli (1969-74). Avstriya tashqi ishlar vazirligida BMT Depar- tamenti rahbari (1974-78). 1978-82 y.larda Avstriyaning BMTdagi, 1982— 87 y.larda AQSh va Amerika davlatlari tashkilotidagi elchisi. 1987-92 y.larda Avstriya federal tashki ishlar vazirli- gining bosh kotibi, 1992 y. maydan Av- striya Respublikasi federal prezidenti.