Klishe

Klishe (Frans. cliche) — illyu- strasiya (rasm, reproduktsiya, ba’zan matn) lardan matbaa usulida nusxa ko’chirish uchun mo’ljallangan bosma for- ma (krlip); fotog’rafik, kimyoviy, gal- vanotexnika yoki o’ymakorlik usullarida sirtiga bo’rtma (relefli) tasvir tushi- rilgan metall (rux, jez, mis) plastinka. Ba’zan, yog’och, linoleum va plastmassadan ham tayyorlanadi. K.lar shtrixli, rastrli va Kombi-nasiyalashgan bo’ladi. Shtrixli K. tasvir elementlari (Pero va b.da chi- zilgan chizma, rasm) bir tekis tushiril- gan originallardan nusxa ko’chirishda, rastrli (yarim tonli) K. esa elementlari turli tondagi tasvirlar (fotosurat, AK- varel, moy-bo’yokli surat va b.) dan nusxa ko’chirishda ishlatiladi. K. fotomexaniq (q. Avtotipiya) yoki elektromexaniq usul- da, fotopolimerizasiya usulida tayyor- lanadi. K. mayda kristalli rux, magniy, kamdan-kam mis va alyuminiydan tayyor- lanadi.