Kloson Jerard

Kloson Jerard (1891, Malta oro- li — 1971, London) — ingliz turkiy- shunosi. Qutb Xorazmiyning Britaniya muzeyida sakdanayotgan “Muhabbatnoma” asariga tafsir yozgan (1928). Turkiyshu- noslikka oid ellikka yaqin ilmiy ish e’lon qilgan. Lug’atshunoslik uning faoliyatida alohida o’rin tutadi. Navo- iy asarlari uchun tuzilgan “Sangloh” lug’atini (keng izoq, batafsil sharh va ilovalar b-n; 1960), “13-asrgacha bo’lgan turkiy tillarning etimologik lug’ati”ni (1970) nashr qildirgan. K. “Sangloh”ni nashr qildirib, eski o’zbek lug’atchilik maktabini o’rganish ishiga katta hissa qo’shgan. Mazkur lug’at Navo- iy asarlari tili, shuningdek, b. turkey tillarni o’rganishda muhim manba ekan- ligini ta’kidlagan. Oltoyshunoslik ishlari uchun Indiana (AKSH) un-tining (1969), sharqshunoslik faoliyati uchun esa London Osiyo Qirollik jamiyatining (1973) oltin medallari b-n mukofotlan- gan.