Kluj-Napoka

Kluj-Napoka – Ruminiyaning shim.-g’arbiy qismidagi shahar. Kluj ju- desining ma’muriy markazi. Samesh da- ryosi sohilida joylashgan. Mamlakatning yirik sanoat va muhim madaniy markazi. Aholisi 332,5 ming kishi (1998). Trans- port yo’llari tuguni. Mashinasozlik (asosan, to’qimachilik va oziq-ovqat sa- noati uchun jihozlar i.ch.) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. To’qimachilik, ko’n poyabzal, mebel, kimyo, tamaki, chin- ni, keramika, farmasevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Qurilish Mate- riallari ishlab chiqariladi. Un-t (1872 y.dan) va b. oliy o’quv yurtlari, Ruminiya FA ning filiali va b. ilmiy tadqiqot muassasalari, tarix, etnografiya va ba- diiy muzeylar, botaniqa bog’i bor. K. qadimgi qal’a o’rnida vujudga kelgan. Dastlab 1173 y.da tilga olingan, 1316 y.dan shahar. Me’moriy yodgorliklari- dan San-Mixail cherkovi (14-15-a.lar), un-t binosi (19-a.) va b. saqlangan.