KLYUCHI SOPKASI
KLYUCHI SOPKASI (ruscha – Buloqli tog’) — Kamchatkaning Sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan. Yevrosiyoda nisbatan baland (4750 metr) va eng faol vulkan. Doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Andezit va bazalt lavalaridan tuzilgan. Stratovulkanlar tipiga kiritiladi. Vulkanning quyi Femida 84 ta yon konus va krater mavjud. Etagida vulkanologik stansiya joylashgan. So’nggi 270 yil davomida 50 marotaba kuchli otilgan.