Koch

Koch (ruscha kotsa-muz po’stin)-bir palubali, bir machtali yelkanli-eshkakli mo’jaz yog’och kema (yelkanli shamol orqadan esganda ishlatishgan). IX-XIX asrlarda keng tarqalgan. Kemaning uzunligi 16 metrdan 24 metrgacha, kengligi 5 metrdan 8 metrgacha, yuk ko’tarish qobiliyati 15 tonnadan 24 tonnagacha, ekipaj a’zolari soni esa 10-15 nafar bo’lgan. Shamol orqadan esganda 6-7 uzel tezlikka erisha olgan.