Ayrim qushlar yilni bir joyda o’tkazmaydi. Fasllar o’zgarishi yoki ovqatning kamayishi bilan ular boshqa joyga uchib ketadilar. Shunisi borki, birinchi holda ular yana qaytib keladilar, ikkinchi holda esa yangi joyda o’rnashib qoladilar. Ko’chish — hayvonlar guruhining ular yashayotgan joydagi sharoit yoki rivojlanish davri taqozasi bilan bir joydan ikkinchi joyga o’rnashishini anglatadi. Mavsumiy va tasodifiy ko’chishlar o’rtasida farq mavjud. Tasodifiy ko’chishlar qurg’oqchilik, o’rmon yong’inlari, yemxashak qahatchiligi tufayli sodir bo’ladi. Boshqa bir joydan uchib o’tishlar va joyini o’zgartirishlar davriylik belgisidir. Uzoq masofalarga ko’chib o’tish qushlarga xos xususiyat. Masalan, dengiz qaldirg’ochlari 20 000 kilometr masofani ortda qoldirib, Arktikadan Antarktidaga uchib boradi. Mana shu jihatdan ayrim tur baliqlarning ko’chishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Syomga daryolarning yuqori qismida dunyoga keladi. So’ng dengizga suzib kelib, shu yerda yashay boshlaydi, uvuldiriq sochish payti kelganda yana oqimga qarshi suzib (oqim kuchi qanchalik bo’lishidan qat’i nazar), o’zi dunyoga kelgan joyiga boradi.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

