KO’CHKI
KO’CHKI — 1) tog’larda yon bag’irning yuqori qismida yig’ilib qolgan qorning shiddat bilan pastga otilib tushishi, tarma. Tog’yon bag’rida ko’plab to’planib qolgan qor qaytadan kristallanadi va qattiq sovuqdan torayadi; oqibatda qor qatlami ichida bo’sh qatlam paydo bo’ladi. Biron tovush, salgiva mexanik kuch ta’sirida yoki qor tagi eriganda Ko’chki vujudga keladi. Kuchli Ko’chkida 1,5—2 million metr kubgacha qor ko’chib tushadi; tog’dan tushgan qorning qalinligi 60 metrgacha yetishi mumkin. Qor Ko’chkilari O’rta Osiyo, Kavkaz, Alp, kordilera, Himolay tog’larida ko’p ro’y berib turadi. Ba’zan qishloqlar, aloqa yo’llari, tog’lardagi o’rmonlarga katta zarar yetkazadi; 2) tog’ jinslarining og’irlik kuchi ta’sirida yon bag’ir bo’ylab pastga surilib tushishi; 3) tog’ bir qismining qulab tushishi.