Kofir
Kofir (Arab. — inkor etuvchi, dinni rad etuvchi, g’ayridin) — Islom aqidasiga ko’ra, Islom dinini inkor etuvchi barcha kishilar. Boshqa turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham, hech qanday dinga ishonmaydiganlar ham is- lomda K. hisoblanadi. Bundan tashqari, Islom ta’limoti bo’yicha, ishonish va tasdiqlash shart qilingan aqidaviy moddalardan birortasini inkor etgan musulmon ham K. sanaladi. Mas, biror payg’ambarning payg’ambarligini tan ol- maslik, qiyomat bo’lishiga ishonmaslik, Qur’onning ilohiy ekanini rad etish, farz sanalgan ahkomlardan birortasi (namoz, ro’za, zakot, haj)ni farz emas dey- ish, xarom qilingan narsani halol dey- ish yoki halol narsani harom deyish va b. Haromligini tasdiq etgan holda uni iste’mol qilsa yoki farz qilingan narsa- ning farzligini tan olsa-yu, lekin uni tark etsa K. bo’lmaydi, balki gunohkor hisoblanadi (moturidiylik aqidasi bo’yicha shunday). Bunga xilof tarzda e’tiqod qiluvchi Islomiy firqalar ham mavjud.