KO’HISTONILAR
KO’HISTONILAR – Pokistonning shimolda, Hindiston (Gilgit va Svat daryolari oralig’i)da yashovchi kichik qardosh qabilalar guruhining umumiy nomi. 1947 yildan Ko’histonilar turgan xududning ko’p qismi Pokiston va bir qismi Hindiston tarkibida. Afg’onistonda ham yashaydi (5 ming kishi). Ko’histonilar ning umumiy soni taxminan 100 ming kishi (1988). Ko’histonilar tili — hind tillarining dard guruhiga mansub. Asosiy mashg’uloti — chorvachilik. Ko’histonilarda urug’doshlik an’analari saqlangan. Dindorlari — sunniy musulmonlar.