Kojikode, Kalikut

Kojikode, Kalikut – Hindistonning Jan. qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 450 ming ki- shidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Ara- biston dengizining Malabor sohilidagi port, tropik q. x. mahsulotlari eksport qilinadi. Taxta tilish va yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. O’simlik moyi, parfyumeriya, tsellyuloza ishlab chiqariladi. Baliqovlanadi. 16— 17-a. larda hunarmandchilik usulida MIT- kal (kaliko) to’qish b-n mashhur bo’lgan (shahar nomi ham shundan). Ibn Mojid 1498 y.da Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni Hind okeani orqali K.ga olib o’tgan. O’sha vaqtda shahar Hindistonning yirik savdo va hunarmandchilik markaz- laridan biri edi.