KO’K GUMBAZ MASJIDI
KO’K GUMBAZ MASJIDI – Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik. Ulug’bek Mirzo otasi Shoxrux Mir- zo nomidan qurdirgan (1434-35). Peshtoq ravog’ida ularning nomlari va qurilish vaqti bitilgan tarixiy yozuv- lar saqlangan. K.g.m. Dor ut-tilovat an- sambli tarkibidagi asosiy jome mas- jid. Ko’k koshin b-n qoplangan gumbazi (nomi ham shundan), peshtoqining o’ng va chap tomonidagi ustunlari, boloxonasi bo’zilib ketgan. Binoga sharqdan peshtoq (ravog’ining kengligi 10 m) orqali ki- riladi. Peshtog’ida serjilo handasiy bezaklar ko’p ishlatilgan. Ustunlari- da, asosiy ravoq va qanoslarida guldor sopollardan foydalanilgan. Xonaqoh (12,7×12,7 m) tashqi poygumbazida sir- kor moviy, ko’k va oq rangli bezaklar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Ichki qismidagi 8 ta mayda ravoqchalar romb shaklidagi qalqonsimon bag’allar b-n o’zaro birlashtirilgan va ravoq shakli- dagi 16 tayanchiqqa tayantirilgan. G’ishtin devor burchaklarida 4 ta aylanma zina orqali ayvon tomiga chiqilgan. Ayvon- ning yon taxmonlariga keng ravoq orqali o’tilgan. Hozir ular berkitib qo’yilgan. K.g.m. 1970 y.larda hamda Amir Te- Murning 660 yilligi munosabati b-n (1995— 96) qayta ta’mirlangan.