Ko’k koshona

Ko’k koshona – oq O’rda xonla- ri dafn etilgan nekropol (dahma). Sig’noqdan 8 km Jan.-sharkda joylashgan. K.k. pishiq g’ishtdan, baland, ko’k kigizdan naqshlar b-n bezatilib, o’ziga xos me’mo- riy uslubda qurilgan. K.k. atrofida bir qancha yirik janglar sodir bo’lgan. Xu- Susan, 15-a.ning 60-y. larida qalmiklar xoni Temurtosh (O’ztemurtoyshi) o’zining 170 ming otliqlari b-n Abulxayrxonga qarshi chiqqan. K.k.da qattiq jang bo’lgan. Abulxayrxonning sarkardalari baxti- yor Sulton va Ahmad sultonlar bu jangda halok bo’lishgan. Abulxayrxon Sig’noqqa chekingan. Qalmiklar Shohruxiyagacha bo’lgan erdarni talab qaytib ketish- gan. Keyinchalik Muhammad Shayboniy- xon ham K.k. atrofida qozoq xonlariga qarshi bir qancha janglar olib borgan.