“Koka-kola”
“Koka-kola” (ing. kola kukuni) — yaxna ichimliklar ishlab chiqaradigan jahondagi yirik kompaniya. Markaziy boshqaruv idorasi AQShning Atlanta sh.da. Faoliyatini 1893 y.dan boshlagan. Asoschisi shotlandiyalik A.Kendtler (ichimlikni 1886 y.da dorishunos jon Pamberton Atlanta sh.da ixtiro qilgan). “K.-K.”tovar belgisi — konturli shisha idish 1916 y. ro’yxatdan o’tkazilgan (1977 y. bu idish “K.-K.”kompaniyasining to- var belgilaridan biri sifatida qayta ro’yxatdan o’tkazildi). 1920 y.da “K.-K.”ni idishga quyib sotish Evropada birinchi bor Frantsi- yada amalga oshirildi. 1923 y.da yagona i.ch. standartlari, kukunni aralashti- rish tartibi, shisha idishlarni joylash qoidalari joriy qilindi va ichimlik boshqa mamlakatlarga eksport qilina boshladi. 1958 y.dan “Fanta”, 1961 y.dan “Sprayt” ichimligi ishlab chiqarildi. 1977 y.dan ichimlik 2 l li plastik idish- larda savdoga chiqarildi. 1982 y.dan “Diet coke” — shakar o’rniga shirinligi jihatdan uning o’rnini bosadigan modda ishlatila boshlandi. 1991 y. “K.-K.”Mo- skva sh.da o’z vakolatxonasini ochdi. “K.-K.”kompaniyasi 200 xildan ortiq ichimlik, mas, “Fanta” ichimligining 70 xilini (limon, mandarin, greyfrut, kivi, qovun, tarvo’z, Mango va b. mevalar ta’mi, hidi b-n), 12 turdagi sharbatlar ishlab chiqaradi. Hoz. davrda “K.-K.» tovar belgisi dunyoda eng mashhur Tovar belgilaridan hisoblanadi. “K.-K.”du- nyodagi 200 dan ortiq mamlakatda soti- ladi. 1993 y.ning okt. oyida O’zbekistonda “Koka-Kola Bottlers — O’zbekiston LTD” kompaniyasi tashkil qilindi. Kom- paniyaning asosiy i.ch. kuvvatlari tosh- kent, Samarqand, Buxoro shaharlarida, Xorazm viloyatida hamda Farg’ona vodiy- sida joylashtirilgan. Kompaniya “K.-K.» etkazib bergan ichimlik kukunini (kukun resepti sir saqlanadi) suvga aralashti- rib, gazlashtirish, idishlarga quyish va ulgurji sotish b-n shug’ullanadi. Kompa- niya “K.-K.”, “Fanta”, “Sprayt”, “FIE- sta” ichimliklarni ishlab chiqaradi. “Koka-Kola Bottlers — O’zbekiston LTD” kompaniyasida 1600 nafar xodim ishlaydi. Kompaniyaning i.ch. quvvati bir yilda 360 mln. dona 1,5 l li PLA-sti- Klarda ichimliklar ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Sadir Salimov.