Ko’kaldosh madrasasi

Ko’kaldosh madrasasi – bu- xorodagi me’moriy yodgorlik. Buxoro xonining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan (1568-69). Labi hovuz an- samblining shim.da joylashgan. Ikki qanatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi darvoza girix, va islimiy naqshlar b-n bezatilgan. Xotamqori US- lubida terib mahkamlangan pilakcha- lardan yasalgan darvoza tabaqasi yaxlit taxtadan tayyorlangandek ko’rinadi. Ma- drasa hovlisiga 5 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bag’allari, shipi o’ziga xos turli shakldagi murakkab to’rsimon- yulduzsimon, qolibqori va iroqi uslu- bida pishiq g’ishtdan ganch qorishmasida terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42×37 m), o’rtaga yangi imorat 1929 y. qurilgan. Hovli tomondagi 2 qanatli ravoklar qatorini yuzma-yuz qilib solingan peshtoqli baland ayvonlar ajratib tu- radi. Har bir ravoqdan alohida hujraga kiriladi. Hovli atrofi 2 qanatli 160 hujra b-n o’ralgan. Yon tomonidagi hujralarning pastki qanatiga (tashqi devorlarida) xonani yoritish uchun Pan- jaralar o’rnatilgan. Yuqori qanatiga esa qator qilib chuqur ravoklar ishlangan. Ravoqlar tepasini va ba’zi darcha panja- ralarini bezatishda koshin ancha tejab ishlatilgan. Bosh tarzidagi peshtoq Kito- basida yozuvlar saqlangan. Peshtoqining ikki yonidagi masjid va darsxona oldi- ga 2 qavatli 3 qismga ajratilgan chuqur ravoqlar va burchaklaridagi guldastalar- da Buxoro me’morligiga xos qad. Milliy an’analar aks ettirilgan. K.m.da S. Ayniy tahsil ko’rgan, u yashagan hujra muzeyga aylantirilgan va eksponatlar b-n jihozlangan. 1960— 70 va 1995-97 y.larda ta’mirlangan. Bu- xoro viloyat “Oltin meros” jamg’armasi joylashgan.