KO’KAMARON

KO’KAMARON (Scutellaria immaculata Nevski) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub sertuk yarim buta. Poyasi yotiq, yer ostki qismi yog’ochlanib, kaudeks hosil qiladi. Bir yillik poyalari 5-10 santimetr, sertuk, serbarg. Gullari 2,5—3 santimetr, och sariq, barg qo’ltig’ida g’uj o’rnashgan. Iyun—iyulda gullaydi, mevasi avgust— sentyabrda pishadi. Toshkent, Samarqand va Farg’ona viloyatlaridagi tog’larda o’sadi. Yangiligida mol yeydi.