Ko’kat ekinlar

Ko’kat ekinlar – ko’k holida is-te’mol qilinadigan, bargi, poyasi ovqatga ishlatiladigan sabzavot ekinlar (ko’k piyoz, sarimsoqpiyoz, salat, kashnich, yalpiz, ismaloq, shivit, Rayhon, Redi- ska, rovoch, petrushka, ukrop va b.). K.e. qimmatli ozuqa moddalari, vitaminlar- ga boy. Ko’zda va bahorda ochiq dalada, parnik va issiqxonalarda yil davomida etishtiriladi. Ular bevosita ovqatlarga va konservalarga solib ishlatiladi. Bar- cha K.e.ning o’suv davri qisqa — 30-60 kun davomida mahsulot iste’mol uchun tayyor bo’ladi. K.e.lar tez etilishi sabab- li ko’p marta urug’ini sepib yil bo’yi bar- ra ko’kat etishtirish imkoniyati bor. K.e. unumdor, nam etarli tuproklarda yuqori hosil beradi. Piyoz, barra sarimsoq, ismaloq sovuqqa chidamli (qishda ochiq erda ham o’sadi). Qolganlari -3° -4° sovuqqa chidaydi. Barcha K.e.lar tor qatorlab ekiladi. K.e. etishtirishda mineral o’g’itlar deyar- li qo’llanilmaydi. K.e., asosan, dehqon xo’jaliklari tomorqalarida etishtiri- ladi.