Ko’korol

Ko’korol — Orol dengizi (Qozog’iston Respublikasi)dagi orol. Maydoni 273 km2. Eng baland joyi 163 metr (Dovud tog’i). Ko’korol g’arbdan sharqqa yo’nalgan, uzunligi 45 kilometr. Paleogen (yuqori Eosen)ning mergel va qumli gillar, yuqori qismida kvarsli qumlardan tashkil topgan. Orol dengizining sayozlanib borishi tufayli Ko’korol g’arbda Qoratup yarim oroli bilan ham qo’shildi. Natijada Orol dengizining shim. qismi (“kichik dengiz”) ajralib qoldi. Sirdaryo endi shu “Kichik dengiz”ga quyilmokda. Ko’korolda bir yillik sho’ralar, qora saksovul, yulg’un tarqalgan. Shamol ta’sirida eol qum relefi shakllari — barxan va do’ng qumlar tarkib topgan.