Ko’krak qafasi

Ko’krak qafasi – sudralib yuruv- chilar, qushlar, sut emizuvchi xayvonlar va odamda to’sh suyagi yordamida ko’krak umurtqalariga qovurg’alar birikishidan hosil bo’lgan bir butun tuzilma. Odam- da K.q yassi konusga o’xshaydi. K.q.ning yon, old va orqa devori bor. Yon va oldin- gi devorlari 12 juft qovurg’adan hosil bo’ladi; oldinda qovurg’alar uchi to’sh suyagiga kelib taqaladi; orqa devorning o’rtasi umurtqa pog’ovasining ko’krak bo’limidan iborat. K.q.ning yuqorisidagi tyoshikdan ko’krak bo’shlig’iga traxeya, qizilo’ngach, qon tomirlari va nervlar o’tadi, pastdan diafragma chegaralab turadi. K.b.da o’pka, yurak va tomirlar joylashgan. Nafas olganda K.q. kenga- yadi, ayni vaqtda bo’ylama, old-orqa va ko’ndalang hajmi kattalashadi. K.q.ning hajmi va shakli yosh, jins va kasbga qarab turlicha. K.q. chaqaloqlarda pi- ramida shaklida, ayollarda pastki teshi- gi, bo’yi kaltaroq bo’ladi.