Ko’ksuv tizmasi
Ko’ksuv tizmasi – Piskom tog’ tizmasi (shim.-g’arbda) b-n Chatqol tog’ tizmasi (Jan.-Sharqda) oralig’ida (tosh- kent viloyati)da joylashgan. Uning suvayirg’ich qismidan O’zbekiston Respu- blikasi b-n Qirg’iziston Respublikasi davlat chegarasi o’tgan. Jan.da Chatqol daryosi vodiysidan to Piskom tizmasi b-n tutashgan joyga- cha (Qoratepa tog’i — 3685 m) cho’zilgan. O’z. 50 km dan ziyod. Uning tarkibiga Chatirtepa, Kengyaylov tizmalari kira- Di. Eng baland joylari Jan.-g’arbida 2498 m, markazida 3366 m (Qozonbuloq tog’i), shim. -sharqida 3673 m (Chatirtepa tog’i). Ko’ksuv va Chatqol daryolarining suvayirg’ichidir. Tizma devon va karbon- ning oxaktosh va slaneslaridan va ularga intro’ziya sifatida kirib borgan granit, granodiorit, gabbro, sienit va b. jin- slardan tashkil topgan katta antikli- nal struktura. K.t. relefi Qozonbuloq tog’igacha o’rtacha balandlikda, undan shim-sharqqa tomon esa baland tog’larga xos. Kuchli parchalangan, yon bag’irlari tik, ba’zan keskin ko’tarilgan. Ko’ksuv daryosi chuqur darada oqadi. Suvayirg’ich qismida do- imiy qorlik va kichikroq muzliklar mav- jud, Daryo va soylar, odatda, buloqlardan boshlanadi. Suvayirg’ich qismida o’tkir vayzasimon cho’qqilar bor. 1200-2800 m balandliklar orasida jigarrang, qisman tog’-o’rmon tuproklari tarqalgan, yuqorisi archazor, quyida yong’oq, tog’olcha, bodom, do’lana o’sadi. Tepalarida subalp va Alp o’tloqlari,tog’-o’tloq-dasht yarim torfli tuproqlarni to’ng’izsirt (Kobre- ziya) va betaga, shashir, zanjovul va b. er bag’irlab o’suvchi o’simliklar egallagan. Tog’yaylovlari mahsuldorligi gektariga 6-8 ts.