KO’KTIRNOQ YARIM OROLI

KO’KTIRNOQ YARIM OROLI – Orol dengizining shimol qirg’og’idagi yarim orol. Qozog’iston Respublikasida joylashgan. Orolning qurishi tufayli yarim Orol yon bag’irlari ochilib, kuchli eroziyaga uchragan. Ko’ktirnoq yarim oroli dengiz chig’anoqlari aralash qumlardan tuzilgan. Qirg’oqdan 3 kilometr uzoqlikda supasimon tog’lar (balandligi 300 metrgacha) boshlanadi. Ular strukturali, jinslar yotiq holatda joylashgan. Qo’ng’ir tuproqlarda biyurg’un va toshbiyurg’un tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi. Dengizning qurishi tufayli hududda ekologik vaziyat murakkablashgan. Shamol harakati, tuzlarning suv chekingan joylardan uchib chiqishi, yon bag’irlarda eroziya jarayonini rivojlanishi yarim Orol tabiiy muhit holatini jiddiylashtirmoqda.