KOKTSIDLAR
KOKTSIDLAR (Cocciniea yoki Coccoidea) — teng qanotlilarga mansub hasharotlar turkumi. Mayda (0,6— 1 mm), ba’zan o’rtacha (1,5 sm) kattalikda. Jinsiy dimorfizm yaqqol rivojlan- gan. Urg’ochilarining tuzilishi juda soddalashgan; tanasi bosh, ko’krak va qorin qismiga ajralmagan; sirti mum- Simon modda b-n qoplangan, qanotlari bo’lmaydi. Erkaqlari bir juft qanotli, oyoqlari rivojlangan, og’iz organlari reduktsiyaga uchragan. K. keng tarqalgan, ayniqsa, tropiklarda juda ko’p va xilma- xil bo’ladi. Er yuzida K.ning 4000 turi, O’rta Osiyoda esa 120 turi qayd etilgan. Unsimon cherveslar (Pseudosoccidae), kermeslar (Kertococcidae), juft bez- li cherveslar (Asterolecaniidae), sox- ta qalqonli K. (Coccoidae), aqlerdlar (Aclerdidae), qalqondorlar (Diaspididae) va b. keng tarqalgan. K.ning lichinka va urg’ochilari mevali hamda manzara- li daraxtlarga jiddiy zarar etkaza- Di. Ko’pchilik turlari partenogenetik ko’payadi. Urug’lanmagan tuxumlardan chiqqan ser-harakat “daydi” lichinkalar oziqlanish va rivojlanish uchun daraxt tanasi bo’ylab joy izlaydi; qulay joy topgach, tanaga yopishib olib uzun sanchib- so’ruvchi og’iz apparatini o’simlik tana- siga sanchib harakatsiz holatga o’tadi va ustiga qalqoncha hosil qilib, 3— 4 marta pust tashlaydi va shu qalqoncha ostida voyaga etgan hasharotga aylanadi. Odatda, yiliga 1-2, hatto 3-4 Mar- tagacha nasl beradi. K.ning ko’pchilik turlari (mas, Kaliforniya qalqondori) karantin ob’ekt hisoblanadi. K. orasi- da foydali turlari ham uchraydi; bo’yoq beruvchi qurtlar tomonidan ajralib chikddigan elimsimon moddadan koshe- Nil bo’yog’i olish uchun foydalaniladi. Kurash choralari: yangi barpo etilayotgan va qurigan ko’chatlar o’rniga yangisi ekib to’ldirilayotgan bog’larga K.ning tushi- shiga yo’l qo’ymaslik va mavjud bog’larda tarqalgan qalqondorlarni yo’qotishdan iborat. Kimyoviy kurash choralaridan ekiladigan ko’chat va qalamchalarni Max- sus kameralarda brommetil b-n fumiga- tsiya qilish, zararlangan daraxtlarga erta bahorda Nugor, malfos, 30-preparat pur- kash qo’llaniladi.