Kolchak Aleksandr Vasilevich

Kolchak Aleksandr Vasilevich (1873, Sankt-Peterburg — 1920, Ir- kutsk) — Rossiya harbiy arbobi, qutb tadqiqotchisi, gidrolog, Rossiyadagi Fu- karolar urushida oqlar harakatining bosh rahbarlaridan biri, admiral (1918). Qutbga uyushtirilgan ekspe- disiyalarda (1900-02, 1903, 1908-11) qatnashgan. Birinchi jahon urushi dav- rida qora dengiz floti qo’mondoni (1916-17). Bolsheviklar hokimiyati va sovet rejimiga qarshi kurashgan. 1918 y. okt.da inglizlar yordamida Omskiy egalladi. 4 noyab.da Ufa direktoriyasi (Butun Rossiya muvaqqat hukumati) tar- kibiga harbiy va dengiz vaziri qilib kiritildi. 18 noyab. da Omskda harbiy to’ntarish qilib, Ufa direktoriyasini tarqatib yubordi va butun Rossiya Omsk hukumatini tuzdi (rais — Vologodskiy P.), o’zini “Rossiya davlatining oliy hukmdori” deb atadi. K. Sibir, Ural, Uzoq Sharqda qattiqqo’llik b-n tartib o’rnatdi. U Rossiyaning quruqlik va den- gizdagi butun qurolli kuchlari Oliy bosh qo’mondoni unvoniga sazovor bo’lgan. K. Turkistondagi sho’rolarga qarshilik harakati rahbarlaridan Madaminbek, Katta Ergash, Junaidxon b-n aloqalar o’rnatib, ularni o’z rahbarligida “Yago- na Rossiya uchun sovet rejimiga qarshi kurash”ga da’vat qildi. Biroq, uning bu da’vatlarini milliy etakchilar qat’iy rad qilib, Turkiston mustaqilligi uchun kurashdilar. K. 1919 y. noyab.da qizil ar- miya qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchrab, Omskdan Irkutskka chekingan. 1920 y. 4 yanv.da Oliy bosh qo’mondonlik vakolati- ni sirtdan Denikinga topshirdi. 15 yanv. da Irkutskda oq chexlar tomonidan asir olinib, bolsheviklarga berildi, 7 Fev. da Irkutsk Favqulodda komissiyasi (CHK) tomonidan otib o’ldirildi. Ad.: Grajdanskaya voyna v Rossii: pe- rekrestok mneniy, M., 1994.